Brauzer plaginini o‘rnatish
SelloX plagini uzum.uz sahifasida raqobatchi narxini, buyurtmalarini va qidiruvdagi o‘rningizni ko‘rsatadi. O‘rnatish 5 daqiqa oladi.
Sizga kompyuterdagi Google Chrome yoki Microsoft Edge va SelloX hisobi kerak. Telefon brauzerida plagin ishlamaydi.
1-qadam: Plaginni yuklab oling
SelloX’ga kiring va «Sozlamalar → Brauzer plagini» bo‘limida «Plaginni yuklab olish» tugmasini bosing. Kompyuterga sellox-extension.zip arxivi tushadi.
2-qadam: Arxivni chiqaring
Arxivni o‘ng tugma bilan bosing va «Extract All…» («Hammasini chiqarish») ni tanlang. Chiqqan sellox-extension papkasini «Documents» («Hujjatlar») papkasiga qo‘ying va o‘chirmang: Chrome plaginni shu papkadan o‘qiydi.
3-qadam: Kengaytmalar sahifasini oching
Chrome manzil qatoriga chrome://extensions deb yozing va Enter bosing. Edge’da edge://extensions deb yozasiz.
4-qadam: «Developer mode» ni yoqing
Sahifaning o‘ng yuqori burchagidagi «Developer mode» tugmasini yoqing. Edge’da bu tugma chap paneldagi pastki qismda turadi.
5-qadam: Plagin papkasini tanlang
«Load unpacked» tugmasini bosing va 2-qadamdagi sellox-extension papkasini tanlang. Papka ichida manifest.json fayli bo‘lishi kerak. Ro‘yxatda «SelloX — Uzum Market analitikasi» paydo bo‘ladi.
6-qadam: Plaginni panelga mahkamlang
Manzil qatori yonidagi jumboq belgisini (1) bosing, keyin SelloX yonidagi 📌 ni (2) bosing. SelloX belgisi panelda doim ko‘rinib turadi.
7-qadam: Saytda kalit yarating
«Sozlamalar → Brauzer plagini» bo‘limida «Kalit yaratish» ni (1) bosing va kalitni «Nusxalash» bilan (2) oling. Kalit sx_ bilan boshlanadi. SelloX uni bir marta ko‘rsatadi.
8-qadam: Kalitni plaginga qo‘ying
Paneldagi SelloX belgisini (1) bosing, kalitni maydonga qo‘ying va «Saqlash» ni (2) bosing. Holat «Ulangan» bo‘lsa va do‘koningiz nomi chiqsa, plagin ishlayapti.
9-qadam: Tekshiring
Sozlamalar sahifasini yangilang: «Shu brauzerda o‘rnatilgan: 1.10.1 · yangi» yozuvi chiqadi. Endi uzum.uz’da istalgan mahsulotni oching, yonida SelloX paneli turadi.
Yangi versiyaga o‘tish
- Sozlamalardan yangi arxivni yuklab oling va chiqaring.
- Eski sellox-extension papkasidagi fayllarni yangilari bilan almashtiring. Papka joyi o‘zgarmasin.
- chrome://extensions sahifasida SelloX kartasidagi ↻ (Reload) tugmasini bosing. Kalitni qayta kiritmaysiz.
Muammo chiqsa
- «Manifest file is missing or unreadable»
- Siz bitta yuqoridagi papkani tanlagansiz. Ichida manifest.json turgan sellox-extension papkasini tanlang.
- Plagin oynasida ERR_FILE_NOT_FOUND
- Plagin papkasi o‘chib ketgan yoki boshqa joyga ko‘chgan. Plaginni «Remove» bilan olib tashlang va 2–5-qadamlarni qayta bajaring.
- Holat «Ulanmagan» yoki «Xato»
- Kalitni qayta nusxalab qo‘ying. Kalit bekor qilingan bo‘lsa, saytda yangisini yarating.
- Raqobatchilar va qidiruvdagi o‘rin yangilanmayapti
- Plagin sahifalarni brauzer ochiq paytda tekshiradi. Plagin oynasida «Raqobatchilarni fonda tekshirish» yoqilganini ko‘ring.
Plagin faqat uzum.uz sahifalaridagi ommaviy ma’lumotni (narx, buyurtmalar soni, qoldiq, reyting) yuboradi. Uzum hisobingiz va kabinet parolingizga plagin tegmaydi.