SelloXBosh sahifa

Ommaviy oferta

Tahrir sanasi: 2026-09-12

Ushbu hujjat YaTT Toxirjonov Shaxzod Shuxrat o‘g‘li tomonidan SelloX xizmatini (sayt sellox.uz va Telegram bot) taqdim etish bo‘yicha ommaviy oferta hisoblanadi. Xizmatdan foydalanishni boshlash — shartlarni to‘liq qabul qilish demakdir. Hujjatni oxirigacha o‘qing.

1. Umumiy qoidalar

1.1.Ushbu oferta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367 va 369-moddalariga muvofiq tuzilgan ommaviy taklifdir.

1.2.Telegram botda ro‘yxatdan o‘tish yoki tarifni to‘lash — aksept, ya’ni shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Alohida qog‘oz shartnoma imzolash shart emas.

1.3.Hujjatning amaldagi tahriri doim sellox.uz/oferta manzilida turadi. Shartlar o‘zgarsa, yangi tahrir shu manzilda e’lon qilinadi; xizmatdan foydalanishda davom etish yangi tahrirni qabul qilish demakdir.

1.4.Ushbu tahrir 2026-09-12 dan kuchga kiradi.

2. Atamalar

2.1.Xizmat — SelloX: sellox.uz sayti, Telegram bot va uning ichidagi mini ilova.

2.2.Foydalanuvchi — Uzum Market’da sotuvchi sifatida ishlaydigan jismoniy yoki yuridik shaxs.

2.3.Tarif — xizmatdan foydalanish hajmi va muddati belgilangan to‘lov rejasi.

2.4.Sinov muddati — tarifni to‘lashdan oldin beriladigan bepul davr.

3. Xizmat predmeti

3.1.Xizmat Uzum Market’dagi savdo ma’lumotlarini yig‘adi va tahlil qiladi: sof foyda, marja, ROI, sotuv varonkasi, ombor qoldig‘i, reklama va qaytarishlar bo‘yicha hisobotlar hamda Telegram xabarnomalari.

3.2.Xizmatda avtomatik jarayonlar bor: reklama stavkasini ushlab turish (avtobidder), yetkazma uchun slot band qilish, sharhlarga avto-javob va FBS omboridagi qoldiqni to‘ldirish. Ular faqat foydalanuvchi yoqib qo‘ygan bo‘lsa ishlaydi.

3.3.Ma’lumot Uzum Market’ning API’si va foydalanuvchi bergan kabinet ruxsati orqali olinadi. Xizmat foydalanuvchi bergan huquq doirasidan tashqariga chiqmaydi.

3.4.Xizmat Uzum Market MChJ bilan aloqador emas, uning rasmiy vakili yoki hamkori emas. Uzum Market ushbu shartnomada uchinchi tomon hisoblanadi.

4. Ro‘yxatdan o‘tish va sinov muddati

4.1.Ro‘yxatdan o‘tish Telegram bot orqali amalga oshiriladi: telefon raqami, kompaniya nomi va soliq stavkasi so‘raladi, so‘ng do‘kon ulanadi.

4.2.Yangi foydalanuvchiga 7 kun bepul sinov beriladi, bu davrda barcha bo‘limlar ochiq.

4.3.Sinov muddati bir foydalanuvchiga bir marta beriladi. Bir shaxsning bir nechta hisob ochib sinovni takrorlashi suiiste’mol hisoblanadi.

5. Tariflar va to‘lov

5.1.Amaldagi tariflar: Pro — 99 000 so‘m / 30 kun, 3 ta do‘kon; Biznes Pro — 199 900 so‘m / 30 kun, do‘konlar soni cheklanmagan.

5.2.Narxlar sellox.uz saytida va kabinetdagi «Tarif» bo‘limida ko‘rsatiladi. Xizmat narxni o‘zgartirishi mumkin; o‘zgarish allaqachon to‘langan davrga taalluqli emas.

5.3.To‘lov bank o‘tkazmasi yoki karta orqali amalga oshiriladi. Payme va Click ulangach, to‘lovni shu tizimlar orqali ham qilish mumkin bo‘ladi.

5.4.Tarif to‘lov tasdiqlangandan keyin faollashadi va tanlangan kun soniga amal qiladi. Kartadan avtomatik yechib olish yo‘q: har bir davr uchun to‘lov foydalanuvchi tomonidan alohida amalga oshiriladi.

5.5.To‘lov muddati tugagach kabinetga kirish yopiladi. Ma’lumot 9-bandda ko‘rsatilgan muddat davomida saqlanadi.

6. Pulni qaytarish

6.1.Bepul sinov aynan shu maqsadda beriladi: to‘lovdan oldin xizmatni 7 kun davomida to‘liq tekshirib ko‘rish mumkin.

6.2.To‘langan davr uchun pul qaytarilmaydi, shu jumladan foydalanuvchi xizmatdan foydalanmagan yoki muddat o‘rtasida voz kechgan hollarda ham.

6.3.Istisno — texnik xato bilan o‘tkazilgan to‘lov (takroriy to‘lov yoki noto‘g‘ri summa). Bunday holatda selloxuz@gmail.com orqali murojaat qiling: summa qaytariladi yoki keyingi davrga o‘tkaziladi.

7. Tomonlarning majburiyatlari

7.1.Xizmat: xizmatni ishlaydigan holatda saqlaydi, foydalanuvchi ma’lumotini maxfiy saqlaydi va rejalashtirilgan texnik ishlar haqida imkon qadar oldindan xabar beradi.

7.2.Foydalanuvchi: haqiqiy ma’lumot beradi, kabinetga kirish huquqini uchinchi shaxslarga bermaydi, xizmatni qayta sotmaydi va uning ma’lumotlarini boshqa xizmat sifatida taqdim etmaydi.

7.3.Foydalanuvchi xizmatga avtomatlashtirilgan ortiqcha so‘rovlar yubormaydi, kodini ochishga yoki himoyasini chetlab o‘tishga urinmaydi.

7.4.Telegram hisobi va kabinet paroli xavfsizligi foydalanuvchi zimmasida. Shu hisob orqali qilingan amallar foydalanuvchi tomonidan qilingan hisoblanadi.

8. Javobgarlik

8.1.Xizmat «bor holicha» taqdim etiladi. Hisobotlar Uzum Market bergan ma’lumotga asoslanadi; o‘sha ma’lumot to‘liq bo‘lmasa yoki kechikib kelsa, xizmat buning uchun javobgar emas.

8.2.Xizmat foyda, sotuv o‘sishi yoki reklamaning natijasini kafolatlamaydi. Hisobotlar asosida qabul qilingan biznes qarorlari uchun javobgarlik foydalanuvchida.

8.3.Avtomatik jarayonlar foydalanuvchi qo‘ygan sozlama bo‘yicha ishlaydi. Belgilangan chegara doirasidagi reklama xarajati va shunga o‘xshash natijalar foydalanuvchi zimmasida.

8.4.Uzum Market API’si yoki kabineti ishlamay qolgan, hamda internet va uchinchi tomon xizmatlaridagi uzilishlar tufayli yuzaga kelgan to‘xtalishlar uchun xizmat javobgar emas.

8.5.Xizmatning mulkiy javobgarligi har qanday holatda foydalanuvchi oxirgi marta to‘lagan davr summasidan oshmaydi.

9. Xizmatni to‘xtatish va ma’lumotni o‘chirish

9.1.To‘lov muddati tugagach kirish yopiladi, ma’lumot esa 90 kun saqlanadi. Shu muddatda to‘lov qilinsa, hammasi joyida qoladi; qilinmasa, ma’lumot o‘chiriladi.

9.2.7-banddagi majburiyatlar buzilsa, xizmat kirishni cheklashi yoki to‘xtatishi mumkin. Bunday holatda to‘langan summa qaytarilmaydi.

9.3.Foydalanuvchi istalgan paytda voz kechishi va ma’lumotini o‘chirishni so‘rashi mumkin: selloxuz@gmail.com orqali murojaat qiling.

10. Referal dastur

10.1.Taklif qilingan foydalanuvchining birinchi to‘lovidan 20%, keyingi to‘lovlaridan 10% taklif qilgan foydalanuvchining hisobiga yoziladi.

10.2.Taklif bo‘yicha kelgan yangi foydalanuvchi qo‘shimcha 7 kun sinov oladi.

10.3.To‘lov eng kam 50 000 so‘m to‘planganda amalga oshiriladi.

10.4.O‘zini o‘zi taklif qilish, soxta hisoblar yoki boshqa suiiste’mol aniqlansa, hisoblangan bonus bekor qilinadi.

11. Fors-major

11.1.Tomonlar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan favqulodda holatlar (tabiiy ofat, elektr va internet uzilishi, davlat organlari qarori, uchinchi tomon platformalarining to‘xtashi) tufayli majburiyat bajarilmasa, javobgar bo‘lmaydi.

12. Nizolarni hal qilish va yakuniy qoidalar

12.1.Nizolar avval muzokara yo‘li bilan hal qilinadi. Kelishuvga erishilmasa, ish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, xizmat ko‘rsatuvchi joylashgan yer sudida ko‘riladi.

12.2.Ushbu shartnomada ko‘rsatilmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

12.3.Aloqa: selloxuz@gmail.com. Xizmatning to‘liq rekvizitlari quyida keltirilgan.

Rekvizitlar

Nomi
YaTT Toxirjonov Shaxzod Shuxrat o‘g‘li
Manzil
Toshkent shahar, Olmazor tumani
Telefon
+998 90 334 21 40
E-pochta
selloxuz@gmail.com